» » NASA Oyga astronavtlarni qo‘ndirish xarajatlari kamayishiga umid bildirmoqda

NASA Oyga astronavtlarni qo‘ndirish xarajatlari kamayishiga umid bildirmoqda


Insonni Oyga qaytarish rejalarini amalga oshirish oldin ko‘zda tutilganidan ancha kam bo‘lishi mumkin. Bu haqda NASA rahbari Jeyms Braydenstayn ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Oldingi gal buning xarajatlari 20 dan 30 milliard dollargacha borishi mumkinligini aytgandim. Hozirda xususiy kompaniyalar bilan sheriklik rivojlanib borayotgani sababli bu sarflar 2024-yilgacha 20 milliard dollardan ancha kam bo‘lishi mumkin”, — dedi Braydenstayn.

NASA rahbari Oyga astronavtlarni qo‘ndirish bo‘yicha loyiha xarajatlarining bir qismini uni amalga oshirishda ishtirok etadigan boshqa davlatlar ham zimmasiga olishi mumkinligiga umid bildirdi.

Shuningdek, AQSh Oyga birinchi galda ayol astronavtni uchirishni rejalashtirganini ham qo‘shimcha qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют