» » IVV vakili Yevropa va O‘zbekiston qamoqxonalarining farqi haqida: Bizning asosiy maqsadimiz — mahkumlarni tarbiyalash

IVV vakili Yevropa va O‘zbekiston qamoqxonalarining farqi haqida: Bizning asosiy maqsadimiz — mahkumlarni tarbiyalash


17-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi faoliyati samaradorligini takomillashtirish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga tazyiq o‘tkazmaslik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Hozirda respublikadagi mavjud tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish koloniyalariga jami 2 648 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgani ma’lum qilindi. Bu tergov va saqlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, qiynoq hamda jismoniy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida jurnalistlar O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari dunyo standartlariga qanchalik mos kelishi haqida savol berdi.

“Har bir mamlakatning o‘zi qabul qilgan stadartlari mavjud. Dunyo standarti sifatida Yevropa davlatlarini oladigan bo‘lsak, ularda jazoni o‘tash shart-sharoitlari umuman boshqacha, jazoni ijro etish koloniyalari ham boshqacha. Lekin butun dunyoda jazo muddatini o‘tayotgan, qamoqxonalarda saqlanayotgan mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan va ular uchun yaratiladigan sharoitlarning minimal standartlari bor, bu Nelson Mandela qoidalari deb ataladi. O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari mazkur Nelson Mandela qoidalariga to‘la mos keladi”, — dedi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov.

Vazirlik vakili jahon standartlari yoki Yevropa qamoqxonalaridagi holat bilan o‘zimiznikini solishtirayotganda farqlanadigan asosiy jihat xususida to‘xtalib o‘tdi.

“Yevropa koloniyalari, qamoqxonalari mahkumlarga faqat jazoni o‘tash uchun xizmat qiladi, — dedi Jamshid Sultonov. — Ya’ni u yerda ularning qochib ketmasligi, kasal bo‘lsa davolanishi, ovqat bilan ta’minlanishi kafolatlanadi, xolos. O‘zbekistonda esa mahkumlarni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. G‘arb muassasalarida, asosan, shaxsni saqlab turish ko‘zda tutilsa, bizda katta e’tibor tarbiyaga, to‘g‘ri yo‘lga solishga qaratiladi. Tubdan farqlanadigan jihatimiz shunda”.

Qayd etilishicha, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni qonunlarga hurmat va itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ular ongida mehnatga ijobiy munosabat uyg‘otish orqali kelgusida takroran jinoyat sodir etishlarining oldini olish, ozodlikka chiqqach jamiyatga oson moslashuvini ta’minlash borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni o‘qitish va kasbiy tayyorlash tizimi, o‘quv jarayoniga masofaviy ta’lim imkoniyatlarini tatbiq etish rejasi ishlab chiqilgan. Shu asosda koloniyalarda 1 ta umumta’lim va 4 ta kasb-hunarga o‘rgatish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют