» » JCh—2022 saralashi haqida Jaloliddin Masharipov nimalar dedi?

JCh—2022 saralashi haqida Jaloliddin Masharipov nimalar dedi?


O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Jahon chempionati—2022 hamda Osiyo Kubogi—2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga tashlangan qur’a haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘ylashimcha, yaxshi guruhdan o‘rin oldik. Hozirgi paytda deyarli barcha mamlakatlarda futbol yaxshi rivojlanmoqda, har bir terma jamoada mahoratli futbolchilar bor. Agar har bir o‘yinga 100 foiz kuch bilan hozirlik ko‘rsak va yaxshi kayfiyatda maydonga tushsak, har qanday raqibni mag‘lub eta olamiz. Guruhda 1-o‘rinni egallay olamiz. Menimcha, ushbu guruhdagi eng qiziqarli va shiddatli o‘yinlarni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazsak kerak.

Jaloliddin Masharipov, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi

Eslatib o‘tamiz, qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoaga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralash o‘yinlaridagi taqvimi ma’lum bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют