» » O‘qituvchilari anhor bo‘yida beton quyishga chiqarilgan Kosonsoy tumani hokim o‘rinbosari ma’muriy javobgarlikka tortildi

O‘qituvchilari anhor bo‘yida beton quyishga chiqarilgan Kosonsoy tumani hokim o‘rinbosari ma’muriy javobgarlikka tortildi


Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilari Namuna qishlog‘i yaqinidagi anhor bo‘yida olib borilgan qurilish-obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani tasdiqlandi.

Ushbu hududda har bir maktab o‘qituvchilariga 10 metrdan joy bo‘lib berilgan hamda ular mazkur ishlarga majburiy ravishda jalb qilingan.

Shunga muvofiq, tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Isomiddinovga nisbatan hukumatning tegishli qarori talablariga zid ravishda maktab xodimlarini qurilish ishlariga jalb qilganligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzildi. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют