» » Samarqandda Qoradaryo ustidan o‘tgan ko‘prik og‘ib, cho‘kib qoldi

Samarqandda Qoradaryo ustidan o‘tgan ko‘prik og‘ib, cho‘kib qoldi


14-iyul, yakshanba kuni “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” avtomobil yo‘lidagi Qoradaryo daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik biroz og‘ib, ko‘prikning bir qismi cho‘kkan. Shundan buyon ko‘prikning bir tomonida transport vositalarining harakati cheklab qo‘yilgan, deb xabar beradi Zarnews.

Talofatlar qayd qilinmagan bo‘lsa-da, ko‘prik nima uchun cho‘kkan? Harakat qachongacha bir tomonda davom ettiriladi? Shu kabi savollarga oydinlik kiritish uchun Samarqand muntazam yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga murojaat qilindi.

Ma’lum qilinishicha, “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 6-kilometridagi ushbu ko‘prik 1970-yilda qurilgan bo‘lib, joriy yilning 17-iyunidan daryo o‘zanidagi suv sathi ko‘tarilganligi sababli ko‘prikning 6-tayanch qismidagi panjaraning tag qismi yuvilishi natijasida tayanch qism g‘arb tomonga og‘ib, cho‘kish hosil bo‘lgan. Natijada ko‘prikning 6—7-tayanch qismlari oralig‘ida temir-betonlar nurab, umumiy 26 santimetrga cho‘kish paydo bo‘lgan.

Joriy yil 13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘prikda harakatlanish to‘xtatilib, transport vositalarining harakatini yonidagi, 2006-yilda qurilgan ko‘prikdan o‘tkazishga qaror qilingan.

Umuman, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ushbu ko‘prikni kengaytirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlariga asosan rekonstruksiya ishlariga 12 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflanadi. Yangi ko‘prikning gabariti (2006-yilda qurilgan ko‘prik bilan birga) 6 ta harakat tasmasidan iborat bo‘ladi va 1970-yilda qurilgan ko‘prik ustidagi transport vositalarining harakatlanishi 2006-yilda qurilgan va rekonstruksiya qilinayotgan ko‘priklar ustiga o‘tkaziladi.

Avvalroq jazirama tufayli Samarqand viloyatidagi daryolarda suv sathi ko‘tarilayotgani, shu sababli daryolar qirg‘oqlarini, ko‘priklarni mustahkamlash, muhofaza zonasida joylashib qolgan obyektlarni aniqlab bartaraf etish, himoya dambalarining xavfsizligini ta’minlash ishlari olib borilayotgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют