» » O‘zbekistonda jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida petitsiya e’lon qilindi

O‘zbekistonda jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida petitsiya e’lon qilindi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida petitsiya joylandi.

“Hammamizga ma’lumki, yurtimiz quyoshli o‘lka. Bu holat, ayniqsa, yoz mavsumida harorat 40 darajadan oshgan vaqtlarda avtobuslardagi konditsionerlarning sovitish funksiyasi ishlamay qolganda juda seziladi. Shu sababli, jamoat transportlari, ya’ni avtobus va boshqa yo‘nalishli transport vositalarining oynalarining yorug‘lik o‘tkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha so‘ndirishni taklif qilaman. Tasavvur qiling, odam ko‘p, kun issiq, havo dim, bu yoqdan esa yana jazirama quyosh tik tushib turadi. Bu esa jamoat transportidagi odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘ngil aynishi, hushsizlanish kabi holatlarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zida tig‘iz vaqtda avtobusda o‘tirish uchun bo‘sh joy bo‘lsa ham, odamlar quyosh sabab o‘sha bo‘sh joylarga o‘tirmaydi. Bu esa ortiqcha tiqilinchni yuzaga keltiradi. Hamma avtobuslarga konditsioner qo‘yish yoki ularni yangilarga almashtirish esa ko‘p mablag‘ va vaqt talab qiladi”, — deyiladi murojaatda.

Amaldagi Yo‘l harakati qoidalarining 74-bandida “Barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynalarning yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak”ligi belgilangan. Shu sababli yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoat transportlari, xususan, avtobus va boshqa yo‘nalishli transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha so‘ndirish taklif qilingan.

Petitsiya portalga 29-iyun kuni joylangan bo‘lib, hozirgacha bor-yo‘g‘i 28 ta ovoz to‘plagan. Ushbu taklif ko‘rib chiqilishi uchun esa 10 mingta ovoz zarur. Petitsiyaga ovoz berish uchun yana 90 kun vaqt bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют