» » Merkel Falastin-Isroil nizosi “ikki davlat” tamoyili bo‘yicha hal qilinishini talab qilib turib oldi

Merkel Falastin-Isroil nizosi “ikki davlat” tamoyili bo‘yicha hal qilinishini talab qilib turib oldi


Isroil va Falastin o‘rtasidagi Yaqin Sharq nizosini hal qilish bo‘yicha harakatlarni davom ettirish kerak, “ikki davlat” tamoyili o‘rnini bosuvchi oqilona muqobil variant yo‘q. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan muzokaralar oldidan aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Men shu narsani yaqqol bildirmoqchimanki, biz Yaqin Sharq nizosini ikki davlat tamoyili asosida hal qilish masalasi bo‘yicha ijobiy dinamikaga muhtojmiz, — dedi u. — Men ikki davlat asosidagi yechimga erishish bo‘yicha maqsadning oqilona muqobilini ko‘rmayapman”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Falastin hududlaridagi ko‘chmanchilik faoliyati tartibga solish yo‘lidagi “to‘siq bo‘lib hisoblanadi”.

Abbos, o‘z navbatida, Isroil tomonidan olib borilayotgan Falastin hududlarida manzilgohlar qurish siyosati “mamlakatni vayron qilayotgani”ni aytdi. Uning ta’kidlashicha, Falastin yahudiy mamlakati bilan nizoni siyosiy tartibga solishi kerak. Shu bilan birgalikda, u qaror davlatlarning 1967-yil iyunida belgilangan chegaralarini hisobga olib qabul qilinishini talab qilmoqda.

Опубликовано: admin (25-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют