» » GagaGram: O‘zbekistonlik va rossiyalik foydalanuvchilar Ledi Gaganing sahifasiga “hujum uyushtirdi”

GagaGram: O‘zbekistonlik va rossiyalik foydalanuvchilar Ledi Gaganing sahifasiga “hujum uyushtirdi”


Rossiyalik supermodel Irina Sheyk hamda amerikalik taniqlik aktyor va qo‘shiqchi Bredli Kuper o‘rtasidagi munosabatlar yakuniga yetdi. Ikki sevishganning o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga Ledi Gaga sabab bo‘lgani aytilmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Shu sababli 33 yoshli Irina Sheykning muxlislari Ledi Gaganing Instagram’dagi sahifasida “to‘polon” boshlab yuborgan.

Avvaliga ular yulduzlar juftligining ajralishiga oid izohlarni qoldirgan bo‘lsa, keyinroq mavzu butkul boshqa tomonga o‘zgargan.

O‘zbekistonlik aktrisa Zarina Nizomiddinova ham Ledi Gaganing posti ostiga izoh qoldirgan: “Irina, tashvishga tushma, sen baribir chiroylisan va o‘z baxtingni topasan”.

Bir necha kun ichida taniqli qo‘shiqchining blogi odamlar chuchvara, g‘oz go‘shtidan taom pishirish va Gelenjikdan xona ijaraga olish qanchaga tushishini muhokama qiladigan chatga aylanib ketgan.

Bundan tashqari oddiy odamlar safiga mashhurlar ham kelib qo‘shila boshlangan.

Garik Martirosyan: “Xarlamov menga qo‘ng‘iroq qilib yubor!”.

Sergey Jukov: “Biryulevo-Tovarnoedagi garajni qanchadan sotyapsiz?”.

Ledi Gaganing oxirgi qoldirgan posti ostiga 200 mingdan ortiq izoh qoldirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют