» » Farg‘ona viloyati hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 86 ta murojaat ko‘rib chiqildi

Farg‘ona viloyati hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 86 ta murojaat ko‘rib chiqildi


Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tomonidan Marg‘ilon shahar 1-sonli davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati Prezident xalq qabulxonasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, unda Marg‘ilon, Farg‘ona va Quvasoy shaharlari hamda Farg‘ona, Quva tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabulda jami 122 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 86 ta murojaat kelib tushgan. Jismoniy va yuridik shaxs vakillarining 25 ta uy-joy bilan ta’minlash va ta’mirlash, 8 ta ishga joylashish, 4 ta bank krediti ajratishdagi muammolar, 7 ta moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqilgan.

Qabul jarayonida viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etgan.

O‘tkazilgan qabul natijalari bo‘yicha 15 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etilgan, 8 nafar murojaatchilarga tushuntirish berilgan, 63 ta murojaatlar bo‘yicha amaldagi qonunlarga ko‘ra o‘rganib chiqish uchun qabulda ishtirok etgan viloyat boshqarma, tashkilotlari rahbarlari hamda shahar, tuman hokimlariga topshiriqlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют