» » Markaziy Afrika Respublikasidagi qurolli bosqinlar natijasida 50 kishi halok bo‘ldi

Markaziy Afrika Respublikasidagi qurolli bosqinlar natijasida 50 kishi halok bo‘ldi


Markaziy Afrika Respublikasi (MAR)da qurollangan guruhlarning Bambari shahri aholisiga qarshi qaratilgan va seshanba kunidan beri davom etayotgan hujumlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

AFP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar kamida uchta dahada yuz bergan. Hujum uyushtirganlar qaysi guruhga mansubligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

MARdagi qurolli nizo 2013-yil martida, musulmonlarning “Seleka” koalitsiyasi mamlakatning nasroniy prezidenti Fransua Bozizeni ag‘darib, uning tarafdorlariga qarshi yurish boshlaganidan so‘ng yuzaga kelgan.

Bunga javoban mamlakat nasroniylari “Anti-balaka” ko‘ngilli bo‘linmalarini tuzgan. MARdagi qarama-qarshiliklar davomida minglab odamlar qurbon bo‘ldi, yuz minglab aholi o‘z uyini tashlab chiqdi, gumanitar yordamga muhtojlar soni esa 2,2 million kishiga yetgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют