» » Sherzod Shermatov Toshkentda AQSh elchisi bilan uchrashdi

Sherzod Shermatov Toshkentda AQSh elchisi bilan uchrashdi


Xalq ta’limi vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv Rozenblyum AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida AQSh elchisi O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimi va sohada olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Elchi mamlakatda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan rejadagi loyihalarni amalga oshirishda omad tiladi. Uchrashuv yakunida tomonlar xalq ta’limi tizimida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi.

Ma’lumot uchun, ikki davlat Prezidentlari uchrashuvidan so‘ng ilk bor ta’lim vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Endilikda AQSh tomonidan ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida XTV loyihalarini amalga oshirish, chet tillarini o‘rganish, axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqishda ko‘mak beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют