» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga hujjatlar qabuli davom etmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga hujjatlar qabuli davom etmoqda


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga abituriyentlarni qabul qiladi. Xabar berishlaricha, magistraturaga tanlov “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar orasida o‘tkaziladi. Shuningdek, prokuratura organlari xodimlari, shu jumladan amaldagi kadrlar zaxirasidagi xodimlar tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Akademiya magistraturasining “korrupsiyaga qarshi kurashish”, “prokurorlik faoliyati” va “tergov faoliyati” yo‘nalishlari bo‘yicha 2019/2020-o‘quv yiliga jami 30 ta, shu jumladan 18 ta davlat granti va 12 ta to‘lov kontrakti asosida qabul kvotasi tasdiqlangan bo‘lib, shundan:

Ochiq tanlov bo‘yicha davlat granti asosida qabul qilingan nomzodlarga har oylik stipendiya to‘lanadi. Kirish imtihonlari 20-avgust—10-sentabr oralig‘ida, mutaxassislik fanlari va chet tili fanidan yozma imtihon, shuningdek suhbat tarzida o‘tkaziladi.

Mutaxassislik fanlari bo‘yicha yozma imtihon va suhbat jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, konstitutsiyaviy huquq, davlat va huquq nazariyasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar fanlaridan kazuslar va savollar hamda huquq fanlaridan essedan iborat bo‘ladi.

Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,5 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan ballga ega nomzodlar chet tili fani bo‘yicha imtihonni topshirishdan ozod qilinadi. Ularga eng yuqori ball (50 ball) qo‘shiladi.

Akademiya magistraturasida o‘qish davomiyligi — 1 yil. O‘qish jarayonida ijobiy natijalarga erishgan Akademiya magistraturasi bitiruvchilari prokuratura organlariga xizmatga qabul qilishga tavsiya qilinadi. Akademiya magistrlari Akademiya doktoranturasida yoki mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanib, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Magistraturaga nomzodlar 10 avgustgacha doimiy yoki vaqtincha yashash manzili bo‘yicha Akademiya qabul komissiyasi a’zolari — prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlariga hujjat topshirishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 202-04-96 (1775) telefon raqami orqali olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют