» » “Abituriyent ruxsatnomasi”ni istalgan bandlikka ko‘maklashish markazlaridan olish imkoni yaratildi

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni istalgan bandlikka ko‘maklashish markazlaridan olish imkoni yaratildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat test markazi bilan hamkorlikda “Abituriyent ruxsatnomasi” varaqasini chop etish imkoniyatini tashkil qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Endi 2019—2020-yil oliy ta’lim muassasalariga test topshiruvchi abituriyentlar “Abituriyent ruxsatnomasi” varaqasini olish uchun o‘zlariga yaqin joylashgan istalgan bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilishi mumkin.

“2019-yil 20—29-iyul oralig‘ida bandlikka ko‘maklashish markazlarida o‘zingizga tegishli ‘Abituriyent ruxsatnomasi’ni chop etish uchun kompyuter, internet, printerdan bepul foydalanishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni chop etish tartibi quyidagicha:

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz kiriladi;

Saytning “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limiga kiriladi;

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyent taqdim etgan Pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi)ning seriyasi va raqami kiritiladi;

Ekranda paydo bo‘lgan “Abituriyent ruxsatnomasi” va “Abituriyentga eslatma” chop etiladi.

Bandlikka ko‘maklashish markazlarining manzillari va telefon raqamlari ro‘yxatini quyidagi havola bo‘yicha ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 12:44)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют