» » Shavkat Mirziyoyev Bunyodkor—Muqimiy chorrahasida qurilgan ko‘prikni borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Bunyodkor—Muqimiy chorrahasida qurilgan ko‘prikni borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahada qurilgan ko‘prikni borib ko‘rdi.

Mavzuga doir: Foto: Toshkentning Bunyodkor—Muqimiy chorrahasidagi yangi qurilgan ko‘prik avtomobillar harakati uchun ochildi

O‘zAning yozishicha, umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich haydovchilar va piyodalarga bir qancha qulayliklar yaratadi.

“Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahada transport tig‘izligi avtomobillar va piyodalarga noqulaylik tug‘dirardi. Yangi bunyod etilgan ko‘prik bu muammolarga barham berish bilan birga, avtomobillar harakatining uzluksizligini va xavfsizligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi”, — deb yozadi O‘zA.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” quruvchilari tomonidan 2 oyda qurib bitkazilgan ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etilgan. Yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o‘rnatilgan.

Prezident yangi ko‘prikning mohiyatiga alohida to‘xtaldi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari aholiga yanada qulaylik yaratish, turmush farovonligini oshirishda katta ahamiyatga egaligini qayd etib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют