» » Sirdaryoda sakkiz yo‘lovchini olib ketayotgan “Gazel” yuk mashinasiga borib urildi, ikki kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda sakkiz yo‘lovchini olib ketayotgan “Gazel” yuk mashinasiga borib urildi, ikki kishi halok bo‘ldi


Sirdaryoning Oqoltin tumanida 19-iyul kuni soat taxminan 05:20 da “Gazel” mikroavtobusi va Mercedes-Benz yuk mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

“Gazel” rulida bo‘lgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.D. uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan, Navoiyning Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli R.M.ning Mercedes-Benz yuk mashinasi tirkamasining orqa qismiga borib urilgan.

Oqibatda “Gazel” yo‘lovchisi — Buxoro viloyatida yashagan, 1956-y.t. N.A. ismli ayol voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, mikroavtobusning yana uch nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ulardan biri vafot etgan.

“Haydovchi Sh.D. hamda qolgan to‘rt nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют