» » Zlatan Ibragimovich: Meni Vela bilan solishtirib, o‘ta katta xatoga yo‘l qo‘ydingiz

Zlatan Ibragimovich: Meni Vela bilan solishtirib, o‘ta katta xatoga yo‘l qo‘ydingiz


“Los-Anjeles Gelaksi” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich o‘zini “Los-Anjeles” a’zosi, meksikalik hujumchi Karlos Vela bilan solishtirgan jurnalistlarni qattiq tanqid qildi.

“Velani juda hurmat qilaman. U yaxshi futbolchi. Ammo siz meni u bilan solishtirib xato qildingiz. Bu sizning katta xatongiz. Men bu yerda Vela bilan solishtirishlari uchungina yurakdan ishlaganim yo‘q. Ferrari’ni Fiat bilan qiyoslamaslik kerak. Eng yaxshi ekanligimni ko‘rsatdim, shundaymi? Nafaqat Veladan, balki ligadagi boshqa o‘yinchilardan ham. Men buni har kuni namoyish etaman. Bugun ham bundan istisno bo‘lmadi”, — deydi Zlatan Ibragimovich.

Ma’lumot uchun, ikkala jamoa 20-iyul kuni o‘zaro to‘qnash keldi. Undan Zlatanning jamoasi 3:2 hisobida ustun keldi. Ibragimovich uchrashuvda het-trikka erishgan bo‘lsa, Karlos Vela dubl qayd etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют