» » IIV: O‘zbekiston qamoqxonalarida voyaga yetmagan qizlar yo‘q

IIV: O‘zbekiston qamoqxonalarida voyaga yetmagan qizlar yo‘q


O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar orasida 14 yoshdan boshlab o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan qizlar yo‘q. Bu haqda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi vakillari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Anjumanda jurnalistlardan O‘zbekistonda nima uchun voyaga yetmagan qizlar uchun mo‘ljallangan alohida jazoni ijro etish koloniyasi yo‘qligi haqida savol tushdi. IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov ushbu savolga javob berarkan, O‘zbekistondagi yagona ayollar qamoqxonasi to‘liq quvvat bilan ishlamayotgani bois voyaga yetmagan qizlar uchun alohida koloniya ochishga zarurat yo‘qligni ta’kidladi.

“O‘zbekistonda bitta ayollar qamoqxonasi mavjud. Bu — O‘zbekistonda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik darajasi boshqa davlatlarga nisbatan kamligiga dalildir. Ushbu qamoqxona to‘liq quvvat bilan ishlayotgani yo‘q. Jazo muddatini o‘tayotgan ayollar soni republikadagi mahkumlarning eng kam miqdorini tashkil etgani uchun, voyaga yetmagan qizlar uchun alohida koloniya tashkil etishga zarurat yo‘q”, — deya ta’kidladi Sultonov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda voyaga yetmagan qizlar orasida og‘ir jinoyat sodir etish holatlari mavjud emas.

“Jazo muddatini o‘tayotgan xotin-qizlar orasida voyaga yetmay jinoyat sodir etgan biror mahkuma yo‘q. O‘zbekistonda og‘ir va og‘irlashtiruvchi holatda jinoyat sodir etilganda 14 yoshdan boshlab javobgarlikka tortish belgilangan. Bugungi kunda xotin-qizlar orasida 14 yoshdan boshlab o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik holati mavjud emas. Jazoni ijro etish muassasalarida birorta ham voyaga yetmagan qiz jazo muddatini o‘tayotgani yo‘q”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют