» » Prezident Farg‘ona yo‘lini Nukus ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik loyihasi bilan tanishdi

Prezident Farg‘ona yo‘lini Nukus ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prik loyihasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-mart, shanba kuni Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mirobod tumanidagi bu ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan quriladi.

Mavzuga doir: Toshkentda Nukus ko‘chasini Farg‘ona yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘prik qayta tiklanishi mumkin

Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. Bu ishlar haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini oshiradi.

“Prezidentimiz zamonaviy ko‘priklar qurish, yo‘llarni zamon talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Ko‘prik ostidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi”, — deb yozadi O‘zA.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioni oldida quriladigan ko‘prik loyihasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют