» » Bo‘stonliqda ikki hafta avval o‘g‘irlangan mototsikl IIBga murojaat qilinganidan bir kun o‘tmay topildi

Bo‘stonliqda ikki hafta avval o‘g‘irlangan mototsikl IIBga murojaat qilinganidan bir kun o‘tmay topildi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida muqaddam sudlangan 22 yoshli N.D. va 28 yoshli S.S. 2-iyulga o‘tar kechasi U.Q. ismli ayolning xonadoniga eshikdan oshib tushib, hovlidagi “IJP-5” mototsiklini o‘g‘irlab ketgan.

Ayol ushbu holat yuzasidan 18-iyul kuni IIBga murojaat qilgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida mototsikl Angren shahar Qiziltog‘ qo‘rg‘onida yashovchi 36 yoshli R.I.dan daliliy ashyo sifatida olingan. N.D. ushlangan, S.S.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют