» » Jan-Klod Yunker: Trampning mamlakatlarni Yevroittifoqdan chiqishga chaqirig‘i Bolqonda urushga sabab bo‘lishi mumkin

Jan-Klod Yunker: Trampning mamlakatlarni Yevroittifoqdan chiqishga chaqirig‘i Bolqonda urushga sabab bo‘lishi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan mamlakatlarning Yevroittifoqdan chiqishi ma’qullanishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Yunkerga ko‘ra, bunday dav’atlar Yevropa birligiga rahna soladi va G‘arbiy Bolqonda urush keltirib chiqarishi mumkin.

“AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan muloqotda unga ‘boshqalarni Yevroittifoqdan chiqishga chaqirmanglar, agar bu tuzilma tarqalib ketsa, yangi urushga duch kelamiz’, deb aytdim. Yevropaning jafokash qismi uchun yagona imkoniyat — Yevroittifoq istiqboliga ega bo‘lish. Agar biz Bosniya va Gersegovina, Serb respublikasi, Makedoniya, Albaniyani o‘z holiga tashlab qo‘ysak, yana urush boshlanadi”, — deya ta’kidladi Jan-Klod Yunker.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lib turgan payt Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishini ma’qullagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют