» » Jomboyda yangi uylar qad rostlamoqda

Jomboyda yangi uylar qad rostlamoqda


Jomboy tumanining Katta qishloq mahallasi Uzunovul massivida 72 oilaga mo‘ljallangan yana uchta ko‘p qavatli uy qad rostladi. Ayni paytda “Bunyodkor shijoat quruvchi”, “Afsona omad ta’mir qurilish” kabi pudrat korxonalari tomonidan so‘nggi ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Jomboy tongi” xabar bermoqda deb yozadi Zarnews.

Tumandagi “Uzunovul”, “Beshbola”, “Eski Jomboy” massivlari ham “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan. “Beshbola” mahallasida sentabr oyiga qadar 14 ta 2 sotixlik (3 xonali) turar joy binolarini qurib-bitkazish rejalashtirilgan.

Tuman hokimi Umidjon Nazarov mutaxassislar bilan mazkur qurilish obyektlarida bo‘lib, ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirgan.

– “Tenderda qatnashib, sakkizta uyni qurish majburiyatini olgandik. Ayni paytda asosiy qurilish ishlari yakuniga yetdi. Yaqinda eshik-romlar ham o‘rnatiladi. Buning uchun jami 1 milliard 200 million so‘m sarf bo‘lyapti. Hozircha, 450 million so‘mga yaqin mablag‘ hisob raqamimizga kelib tushdi. Viloyat injiniring kompaniyasi qolgan mablag‘ni ham ajratib bersa, xodimlarning ish haqini vaqtida to‘lash imkoni bo‘lardi”, — deydi “Bunyodkor fayz me’mor” korxonasi rahbari Yusuf Abdanov.

Bundan tashqari hududga qarashli 51-umumta’lim maktabi kapital ta’mirlanayotgan bo‘lsa, 25-sonli MTM, “Nizamat Esonturdiyev” qishloq vrachlik punkti binolari yangidan barpo etilyapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют