» » Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilol Erdo‘g‘on Xorazmga keldi (foto)

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilol Erdo‘g‘on Xorazmga keldi (foto)


Joriy yil 6—8-sentabr kunlari Xivada xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu festival Xorazmda ilk marotaba o‘tkazilayotganligi bois uni yuqori saviyada tashkillash Butunjahon etnosport konfederatsiyasi tajribasiga tayanilmoqda. Ushbu konfederatsiya rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdo‘g‘on boshchiligida bir guruh mehmonlar Xorazmga keldi.

Mehmonlar mazkur sport festivali o‘tkaziladigan “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududini ko‘zdan kechirdi. Xalqaro turnirga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etdi.

Xiva shahridagi "Nurillaboy" saroyida o‘tkazilgan konferensiyada Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinboyev, Kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imomov, Butunjaxon etnosport konfederatsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on, Turkiya o‘qchilar vaqfi rahbari Haydarali Ildiz, shuningdek, mahalliy OAV vakillari qatnashdi.

Anjuman davomida jurnalistlar festival o‘tkazilishi, qamrovi va yoritilishi bilan bog‘liq turli savollar bilan murojaat qildi. Mutasaddilar bunga javoban tadbir 1000 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab olishi, Turkiya OAVlarida keng yoritilishi va bir qator mamlakatlar diplomatik korpus vakillari ham qatnashishi kutilayotgani haqida ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют