» » Samarqandda 4 nafar farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 4 nafar farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor U.X. tomonidan undiruvchi G.M.ning foydasiga uch nafar farzandining voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida undirish belgilangan. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Lekin qarzdor hozirgi kungacha undiruvchi G.M.ga 23 million 367 ming aliment pullarini to‘lab bermagan.

Shuningdek, sud buyrug‘iga asosan qarzdor U.X. tomonidan undiruvchi O.X. foydasiga bir nafar farzandining voyaga yetguniga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida 2 million 744 ming so‘m to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, aliment pullari U.X. tomonidan qasddan to‘lab berilmagan.

Shu sababli Nurobod tuman ma’muriy sudining qarori bilan U.X.ga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, qasddan voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelishi oqibatida bugungi kunga kelib uning qarzdorligi 32 million 740 ming so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Nurobod tuman bo‘limi tomonidan fuqaro U.X.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют