» » Turkmaniston prezidenti o‘z vafoti haqida xabarlar tarqalayotgan bir vaqtda shifokorlarga tabrik yo‘lladi

Turkmaniston prezidenti o‘z vafoti haqida xabarlar tarqalayotgan bir vaqtda shifokorlarga tabrik yo‘lladi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sog‘liqni saqlash xodimlarini tabrikladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

U o‘z tabrigida mamlakatda qator kasalliklarga butunlay chek qo‘yilgani va sog‘lom hayot tarzi tamoyillari joriy etilganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida “Govorit Moskva” Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.

Keyinroq Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning vafoti haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi.

Ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy Ashxobod izoh berganicha yo‘q.

“Daryo” nashri Toshkentdagi Turkmaniston elchixonasi bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi, ammo rasmiy telefon raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют