» » Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lidagi YTHdan keyin mashina ichida siqilib qolgan yo‘lovchi qutqarib olindi

Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lidagi YTHdan keyin mashina ichida siqilib qolgan yo‘lovchi qutqarib olindi


2019-yilning 20-iyul kuni tonggi soat 04:50 larda “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining Tezkor navbatchi-dispetcherlik guruhiga A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining 240,3-km.ida harakatlangan Damas rusumli yengil avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, ushbu yo‘nalishda harakatlangan MAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Buning natijasida, Damas rusumli avtomashinadagi 5 nafar yo‘lovchilardan 4 nafari turli darajada tan jarohatlar olgan.

Mazkur murojaat yuzasidan boshqarma qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi. To‘qnashuv oqibatida avtomashina ichida siqilib qolgan yo‘lovchini qutqaruvchilar gidravlik asbob-anjomlar yordamida mashinadan chiqarib oldi. Shuningdek, barcha jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют