» » Shimoliy Koreya AQShning ogohlantiruvchi zarbasiga yadroviy hujum orqali javob qaytarish bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya AQShning ogohlantiruvchi zarbasiga yadroviy hujum orqali javob qaytarish bilan tahdid qildi


Qo‘shma Shtatlarning Shimoliy Koreyaga oldindan zarba berishga urinishi halokatli oqibatlarga olib keladi. Bu haqda KXDRning Milliy tinchlik qo‘mitasi vakilining “Nodon sinmun” gazetasida chop etilgan bayonotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.

“AQShdan KXDRga qarshi harbiy mashqlarni zudlik bilan to‘xtatish va Koreya yarimoroli hamda uning atrofida joylashtirilgan jangovar yadro vositalarini olib chiqib ketishni talab qilamiz. Vashington aql bilan ish tutishi va KXDRga oldindan zarba berishga urinish yetkazishi mumkin bo‘lgan halokatli oqibatlar haqida o‘ylab ko‘rishi lozim”, — deyiladi bayonotda.

KXDR Milliy tinchlik qo‘mitasi vakili “bunday harakatlarning biror alomati sezilgan taqdirda, Pxenyan tajovuz va fitnalarning barcha bazalariga qaqshatqich yadro zarbasi berishi” haqida ogohlantirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют