» » O‘zbekistonda Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi


Xalq ta’limi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan Prezident maktablariga 22—24 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimida (online) kuzatish uchun imkoniyat yaratdi.

Asosiy qabul imtihonlari shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihonlarning video-strimingi tashkil etmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini havolasi orqali kuzatishi mumkin.

Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan binolarda veb-kameralar o‘rnatilgan, ular o‘z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko‘rsatadi.

Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli video oqimining yuklanishdagi tezligini ta’minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют