» » Muftiy Usmonxon Alimov Toshkentdagi yangidan barpo etilgan “Koh ota buzruk” jome masjidida juma namozini ado etdi

Muftiy Usmonxon Alimov Toshkentdagi yangidan barpo etilgan “Koh ota buzruk” jome masjidida juma namozini ado etdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov juma namozini ado etish uchun Toshkent shahridagi yangidan barpo etilgan “Koh ota buzruk” jome masjidiga keldi.

Ushbu qaytadan bunyod etilgan ko‘rkam jomeda muborak kun ibodatini ado etish uchun minglab namozxon jam bo‘ldi.

“Koh ota buzruk” jome masjidida qurilish ishlari 2017-yilda boshlangan. 2018-yil mart oyida Shayx Abdulaziz Mansur boshchiligida yangi bino uchun birinchi g‘isht qo‘yilgan. Mahalla ahli va ko‘plab ixlosmandlar ko‘magida, saxovatpesha kishilar yordamida hashar yo‘li bilan boshlangan mazkur xayrli ish bugun o‘z nihoyasiga yetdi. Masjidning hozirda qurilgan yangi binosi bir vaqtning o‘zida 2000 ming nafardan ortiq namozxonni sig‘dira oladi.

Masjid namozxonlar uchun yetarli darajadagi shart-sharoitlar bilan ta’minlandi. Xonaqoh tepasiga bitta katta va to‘rtta kichik gumbaz barpo etildi. O‘ttiz besh metrli minora masjidning ko‘rkiga fayz baxsh etib turibdi. Masjid xonaqoh va yerto‘la qismining har ikkisida ham sovutgichlar haroratni salqin qilib, bir maromda ushlab turishiga qulay bo‘lsin uchun tepada, shiftda joylashtirilgan.

Xonaqohda sharq me’morchiligiga xos turli bo‘yoqlar o‘ziga xoslik baxsh etgan bo‘lsada, yong‘in xavfsizligi inobatga olinib, binoga bironta ham yog‘och mahsulotlari ishlatilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют