» » Toshkent—Qizilo‘rda yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkent—Qizilo‘rda yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi


22-iyuldan e’tiboran Uzautotrans Service MChJ Toshkent—Qizilo‘rda (Qozog‘iston) yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan Yutong avtobusi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish masofasi 583 km bo‘lib, yo‘lga 10 soat-u 30 daqiqa sarflanadi, yo‘l haqi esa 80 000 so‘mni tashkil etadi.

Avtobuslar chegarani “G‘ishtko‘prik” va “Jibek Joli” nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kesib o‘tadi. Reyslarning oxirgi to‘xtash nuqtasi “Toshkent” (O‘zbekiston) va “Saltanat” (Qozog‘iston) avtovokzallaridir.

Avtobuslar Qizlo‘rdadan Toshkent tomon soat 16:30 da yo‘lga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют