» » Xitoylik erkak xotinining e’tiborini tortish uchun beshinchi qavatdan sakradi

Xitoylik erkak xotinining e’tiborini tortish uchun beshinchi qavatdan sakradi


Xitoylik erkak xotiniga jahl qilib beshinchi qavatdan sakradi. Bu orqali erkak bir yoshli o‘g‘li bilan band bo‘lgan ayolining e’tiborini tortishga qaror qilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ayol turmush o‘rtog‘ini o‘zi yo‘qligida farzandiga yaxshi qaramayotganlikda ayblagan. Oqibatda erkak bunga chiday olmay, derazadan sakrab yuborgan.

U uchinchi qavatning balkoniga yiqilib tushib omon qolgan. Shundan so‘ng erkak biror bir suv havzasiga borib o‘zini cho‘ktirishi haqida ayolni ogohlantirgan.

Vahimaga tushgan ayol politsiyaga murojaat qilgan. U yaqin atrofdagi sayoz suv havzasidan xushsiz holda topilgan va erkakka birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda.

Erkak OAV vakillari bilan suhbatda ayoli unga kam e’tibor qaratayotganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют