» » Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida qurolli mojaro yuz berdi

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida qurolli mojaro yuz berdi


Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 22-iyul, dushanba kuni qurolli mojaro yuz berdi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Mojaroga Vorux (Tojikiston) qishlog‘i aholisi tomonidan mazkur aholi punktiga kirishda bayroq o‘rnatilgani sabab bo‘lgan. Oqsoy (Qirg‘iziston) qishlog‘ida yashovchilar bunga qarshi chiqqan va o‘rtada tortishuv yuzaga kelgan. Tomonlardan biri qurol qo‘llagan. Otishmada fuqarolar ov qurolidan foydalangan”, — deyiladi xabarda.

Qirg‘iz tomoniga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 kishi yaralangan. Isfara—Vorux avtotrassasi yopib qo‘yilgan.

Tojikistonning Qirg‘iziston bilan chegaradagi Isfara shahri ma’muriyatiga ko‘ra, mojaro tufayli tojik fuqarosi — 52 yashar mahalliy o‘qituvchi halok bo‘lgan, 15 kishi jabrlangan.

Favqulodda holat joyiga ikki davlat chegara xizmati, hokimiyat va huquq-tartibot idoralari vakillari yetib kelgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2019, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют