» » Ulug‘bek Sayidov “O‘ztransgaz” rahbari etib tayinlandi. U so‘nggi 2,5 yil ichida beshinchisi

Ulug‘bek Sayidov “O‘ztransgaz” rahbari etib tayinlandi. U so‘nggi 2,5 yil ichida beshinchisi


23-iyul kuni Energetika vazirligi kadrlar tizimida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi etib o‘z lavozimini saqlab qolgan holda Bahodir Siddiqov tayinlandi.

Ushbu jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ulug‘bek Sayidov “O‘ztransgaz” AJ rahbari bo‘ldi.

Ulug‘bek Sayidov “O‘ztransgaz”ning so‘nggi 2,5 yildagi beshinchi rahbariga aylandi. 2016-yil dekabrida kompaniyaga bosh vazir o‘rinbosari Ergash Shoismatov (hozirda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi) rahbar etib tayinlangan. 2017-yil avgustida esa uning o‘rnida Alisher Mustafoyev ish boshlagan.

2018-yil iyunida Sharifjon Tursunov “O‘ztransgaz” rahbari etib tayinlandi, biroq 5 oylik faoliyatdan so‘ng, 23-noyabr kuni u ham lavozimni tark etib, dekabr oyidan Bahodir Eshmuratov “O‘ztransgaz”ga rahbarlik qila boshlagandi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, Bahodir Eshmuratov “Hududgaztaminot” AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют