Dunyoning eng qimmat sport klublari nomi e’lon qilindi
Forbes talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat 10 ta sport klubi nomi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, “Dallas Kauboys” amerikancha futbol jamoasi 5 milliard dollarga baholanib, reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onani esa 4,6 milliard dollarga baholangan beysbol jamoasi “Nyu-York Yankiz” egalladi.
Uchinchi pog‘onadan Madridning “Real” futbol klubi (4,2 milliard), to‘rtinchi o‘rindan esa Kataloniyaning “Barselona” jamoasi (4,02 milliard) joy olgan.
Kuchli beshlikdan “Nyu-York Niks” basketbol jamoasi o‘rin egalladi. Klub 4 milliard dollarga baholandi.
“Manchester Yunayted” futbol klubi (3,81 milliard) avvalgi egallagan 2-o‘rnidan 6-pog‘onaga tushib ketdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
