» » O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaatlar pullik bo‘lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi

O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaatlar pullik bo‘lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakat Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaatlar pullik bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Vazirlikning bu haqdagi tegishli bayonoti tashkilotning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan. Vazirlik bayonotining to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

2016-yilning 25-sentabrida ishga tushirilgan O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi hukumatning aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan yaqindan ishlashga, joylarda mavjud muammolarni hal qilish va korrupsiyaning oldini olishga mo‘ljallangan bepul elektron resurs bo‘lib kelgan va bundan keyin ham bepul bo‘lib qoladi.

Xalq orasida “Yer shari mish-mishlar bilan to‘ladir”, degan gap bor. Jumladan, so‘nggi vaqtlarda PM.gov.uz portalining pullik bo‘lgani, aholi vakillaridan qabul qilinadigan murojaatlar uchun pul olinishi haqidagi mish-mishlar bolalab ketgan edi. Bu to‘g‘ridagi mish-mishlar odamlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali tarqalmoqda. Xususan, go‘yoki kimlardir aholi o‘rtasida guvohnomasini ko‘rsatgan holda, o‘zini portalning xodimi sifatida tanishtirgan va aholidan murojaatlari uchun pul talab qilgan.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu kabi ma’lumotlarni rad qiladi va bu gap-so‘zlarning batamom asossizligidan aholini ogohlantiradi.

2017-yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishining o‘ziyoq portalning aholi va hukumat o‘rtasidagi beminnat ko‘prik ekanligini anglatadi. Shuningdek, hukumat rahbariyati mazkur yo‘nalishni rivojlantirish va aholi bilan muloqotda yangi va qulay usullarni o‘rnatadigan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan vazifalarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek, Milliy operator tomonidan abonentlari uchun qator hukumat va davlat saytlaridan, jumladan O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi — PM.gov.uz’dan bepul internet trafigi asosida foydalanish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aholini bu kabi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqiradi, Virtual qabulxonaning murojaatchi uchun bundan keyin ham bepul xizmat ko‘rsatishini ma’lum qiladi. Bu to‘g‘rida batafsil joylardagi “Xalq qabulxonasi”ga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют