» » Bilol Erdo‘g‘onning hamrohlaridan biri Xivada azon aytdi (video)

Bilol Erdo‘g‘onning hamrohlaridan biri Xivada azon aytdi (video)


Avval xabar berganimizdek, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilol Erdo‘g‘on boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga keldi.

Joriy yil 6—8-sentabr kunlari Xivada xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali o‘tkaziladi.

Mehmonlar mazkur sport festivali o‘tkaziladigan “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududini ko‘zdan kechirdi. Ko‘hna ark, Pahlavon Mahmud majmuasi, Qozi Kalon madrasasi, Kalta minor yodgorligi va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.

Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatiga ko‘ra, mehmonlardan biri — Mexmet Fotih ulug‘ shoir ruboiylaridan ilhomlanib, Pahlavon Mahmud ziyoratgohida azon va baytlar o‘qidi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют