» » Tesla rahbari Elon Mask kompaniyaning yangi avtomobilini birinchi bo‘lib o‘zi sinovdan o‘tkazdi

Tesla rahbari Elon Mask kompaniyaning yangi avtomobilini birinchi bo‘lib o‘zi sinovdan o‘tkazdi


Tesla asoschisi Elon Mask kompaniyaning yangi, ishlab chiqarishga tayyor Tesla Model 3 elektrokarini birinchi bo‘lib o‘zi sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TJounral. Elon Maskning Model 3 dagi ilk safari aks etgan video uning  Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi.

First drive of a release candidate version of Model 3 pic.twitter.com/zcs6j1YRa4

— Elon Musk (@elonmusk) March 24, 2017

Kompaniya rahbarining ma’lum qilishicha, mazkur modelning turli komplektatsiyalari 2018-yildan avval sotuvga chiqmaydi.

Tesla Model 3 ga dastlabki buyurtmalar apreldan qabul qilinadi. Avtomobil ishlab chiqarilishi esa shu yilning iyul oyida start oladi. Maskning ta’kidlashicha, elektrokarni xarid qilmoqchi bo‘lganlar ishlab chiqarish jarayonidan boshlab 6—9 oy kutishi kerak bo‘ladi.

Tesla 2018-yili Model 3 ning ikkita – AWD va Performance-konfiguratsiyali versiyalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Modelning eng oddiy versiyasi soliqlar to‘lovidan oldin 35 ming dollarni tashkil qiladi. Elektrokar bitta quvvatlanishda 346 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.

Elon Mask Twitter’dagi sahifasida odamlar Tesla avtomobillarini iPhone’lar bilan taqqoslashi kerak emasligini aytdi.

Odamlar Model 3 iPhone 2 va iPhone 3 singari Tesla’ning “yangi versiyasi” ekanini aytayotganini payqadim. Bunday emas.

Elon Mask, Tesla kompaniyasi rahbari

Xabarda qayd etilishicha, 2018-yilning yozida Buyuk Britaniya uchun ruli o‘ng tomonda joylashgan mashinalar sotuvga chiqadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют