» » USAID O‘zbekistonda silga qarshi kurashishga 14 mln dollardan ortiq pul ajratdi

USAID O‘zbekistonda silga qarshi kurashishga 14 mln dollardan ortiq pul ajratdi


O‘zbekistonda silga qarshi kurashish dasturi AQSh Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID)ning “Milliy sil kasalligi dasturi” bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu boradagi xizmatlar, tashxis qo‘yish va klinik yo‘riqnomalar, sil/OIV qo‘shma infeksiyasining oldini olish va nazorat qilishni takomillashtirdi hamda O‘zbekistonda silga qarshi eng ilg‘or dori-darmonlar va yangi davolash uslullarini joriy qildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum 19-iyul AQSh hukumatining sil kasalligiga qarshi besh yillik dasturi doirasida erishilgan asosiy yutuqlarni tilga olgan hamda O‘zbekistonda bu kasallik darajasi, ayniqsa, uning dorilarga turg‘un turlarini qisqartirish va barham berishga qaratilgan yangi dasturlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, AQSh hukumati xarid qilgan yangi laboratoriya dastgohlari va video uskunalarni topshirgan. Jami qiymati 730 ming dollardan ziyodni tashkil etuvchi ushbu jihozlar silning dorilarga turg‘un turlarini aniqlash va davolashni takomillashtirish, mamlakatning dorilar sifatini tekshirish salohiyatini oshirish hamda butun mamlakatdagi sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislarni Toshkent va xalqaro miqyosdagi sil ekspertlari bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

USAID O‘zbekistonda 2015-yildan boshlab silga qarshi kurashish ishiga 14 million dollardan ortiq mablag‘ taqdim etgan. Dastur doirasida 5000 dan ziyod tibbiyot xodimlari maxsus o‘quv-mashg‘ulotlarida malaka oshirgan, 40 ta laboratoriyaning silni tekshirish bo‘yicha xalqaro standartlarga yetishish salohiyati oshirilgan, yuzlab bemorlarga uzoq va murakkab davolanish kursini yakunlashda ko‘maklashilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют