» » Sergelidagi uyning yerto‘lasi yondi. Bir fuqaro kuyish tan jarohati olgan

Sergelidagi uyning yerto‘lasi yondi. Bir fuqaro kuyish tan jarohati olgan


23-iyul kuni soat 17:59da Sergeli tumani, Qo‘shko‘rg‘on ko‘chasidagi uyning yerto‘lasida eski uy jihozlari 10 kvadrat metr maydonda yondi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Yong‘indan uyning 30 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 18:05da yetib borgan va ko‘rilgan choralar natijasida 9 daqiqada yong‘in bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda.

Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют