» » Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda

Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda


Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytiladi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kasbi tuman IIB boshlig‘i dala seminarida 11 kishiga kishan taqqani, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bo‘lgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют