» » Namanganda ikkita Nexia to‘qnashib ketdi, er-xotin halok bo‘ldi

Namanganda ikkita Nexia to‘qnashib ketdi, er-xotin halok bo‘ldi


2019-yil 23-iyul kuni soat 09:15 larda Namangan viloyatining Namangan tumanida yashagan 66 yoshli A.A.boshqaruvidagi Nexia avtomashinasini Pop tumanida “Hazratibob” MFY hududidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 45 yoshli Sh.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Natijada A.A. boshqaruvidagi Nexia  avtomashinasi haydovchisi kasalxonada hamda u bilan yo‘lovchi sifatida ketayotgan turmush o‘rtog‘i 62 yoshli M.A. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, haydovchi A.A.ning bir nafar go‘dak nabirasi hamda yana bir Nexia haydovchisi Sh.A.lar tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют