» » O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi rahbari “Hilal star” standartini beruvchi xalqaro qo‘mita raisligiga saylandi

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi rahbari “Hilal star” standartini beruvchi xalqaro qo‘mita raisligiga saylandi


Ozarbayjonning Boku shahrida Islom davlatlarining xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda Malayziya, Kipr, Iordaniya, Livan, Suriya, Eron, Tunis, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya, Bangladesh kabi 25 dan ortiq davlatning oshpazlar uyushmasi rahbarlari ishtirok etdi.

Kongress doirasida WICS – Butunjahon Islom davlatlari pazandachilik hamjamiyati tomonidan ikkinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Tadbirda restoranlar va oshpazlarga beriluvchi “Hilal star” (“Halol yulduz”) standarti muhokamalar markazida bo‘ldi.

Oshpazlar uyushmalari o‘zlari ishlab chiqqan “Halol restoran” va “Halol restoran oshpazi” uchun joriy etiladigan standartlar va loyihalarini taqdim etdi.

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining mazkur standart loyihasi bo‘yicha taqdimoti kongress ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Ular O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarovni “Hilal star” standartini beruvchi xalqaro qo‘mita raisligiga sayladi.

“Hilal star” standarti umumiy ovqatlanish obyektlariga 3 yulduz darajasida beriladi. Bunday standartli restoranlari bor davlatlarga musulmon sayyohlar oqimi ko‘payadi.

Mazkur standart birinchi bo‘lib Bokudagi “Turan” restoraniga berildi.

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi “Hilal star” standartini beruvchi xalqaro qo‘mitaga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda o‘zbek, ingliz va rus tillarida onlayn qayta tayyorlov o‘quv-kurslari platformasini tayyorlamoqda. Mazkur loyiha ishga tushgach, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo bo‘yicha “Hilal star” standartiga da’vogar restoranlar va mutaxassislarni o‘qitish, treningdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют