» » Yaponiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi

Yaponiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi


O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiya Muvaqqat ishlar vakili Atsushi Suda bilan uchrashdi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiyaning Afg‘onistondagi tang holatni hal qilishdagi sa’y-harakatlari, ushbu mamlakatda turli loyihalarni birgalikda hayotga tadbiq qilishda hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, Yaponiya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy jarayonni boshlash borasidagi sa’y-harakatlariga, mazkur mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalarga yuqori baho bergan.

Shuningdek, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarini qayta tiklashda xalqaro hamjamiyat faoliyatini kengaytirishning muhimligi to‘g‘risidagi fikrni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют