» » O‘zbekiston afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi

O‘zbekiston afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi


O‘zbekiston Doxadagi afg‘onlararo konferensiya qarorini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to‘g‘risidagi qo‘shma rezolyutsiyani qo‘llab quvvatlaydi. Bu haqda TIV bayonot berdi.

O‘zbekiston tomoni inklyuziv afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi va bo‘lajak muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildiradi.

Samarqand uchrashuvi o‘tkazilishining aniq vaqti afg‘onlararo muzokaralarning barcha ishtirokchilari bilan kelishilganidan so‘ng e’lon qilinadi.

“O‘zbekiston tomoni Afg‘onistondagi siyosiy jarayon faqat afg‘on xalqi va uning rahbarligida amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risidagi o‘zining prinsipial mavqeini tasdiqlaydi”, — deyiladi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют