» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Termiz shahar hokimining raqobatni cheklovchi qarorini bekor qildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Termiz shahar hokimining raqobatni cheklovchi qarorini bekor qildi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Termizda harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilar faoliyatini cheklash bo‘yicha shahar hokimining qarori yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlarini yakunladi va ushbu holat bo‘yicha tegishli ish qo‘zg‘atdi.

Hokimning 2019-yil 13-iyundagi “Termiz shahrida transport xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi K-1773-sonli qarori bilan shahar ichkarisida harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilar (Damas) harakatini 2019-yil 1-iyuldan to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda qabul qilinganligi holati qo‘mita maxsus komissiyasi joriy yil 8-iyulida o‘tkazgan yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Termiz shahar hokimligi vakili ishtirok etgan komissiya yig‘ilishida hokimlik tomonidan qabul qilingan qarorning ayrim bandlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga zidligi, shundan kelib chiqqan xolda, aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan tegishli ajrim chiqarilib, hokimlikka nisbatan ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan Termiz shahar hokimligiga ushbu qarorning tegishli bandini, ya’ni shahar ichida harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilar harakatini 2019-yil 1-iyuldan to‘xtatish bo‘yicha topshirig‘ini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют