» » Chimyonga olib boruvchi yo‘lda avtobus va mikroavtobuslar harakatiga vaqtincha cheklov o‘rnatildi

Chimyonga olib boruvchi yo‘lda avtobus va mikroavtobuslar harakatiga vaqtincha cheklov o‘rnatildi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi 4R 6 “Toshkent—Chirchiq—Chimyon” avtomobil yo‘lining 69—72 kilometrlari oralig‘ida “Uch terak” qishlog‘i hududida yo‘lning qatnov qismi tuproq ko‘chkisi natijasida jiddiy zarar ko‘rib qatnov qismi yopildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu avtomobil yo‘lining “Galavasoy”, “Uch terak”, “Chimyon” va “Navobod” qishloqlaridan o‘tgan qismida avtobus va mikroavtobuslarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlovchi omillar, ya’ni texnik vositalar bilan to‘liq jihozlanmagan.

Shu sababli ushbu transport vositalari Bo‘stonliq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ta’mirlash hamda muhofazalovchi to‘siqlarni o‘rnatish ishlari yakunlanguniga qadar vaqtincha harakatlanishi cheklandi. Bu jamoat transportlari faqat Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘oni 4R 12 “Bektemir—Chirchiq—Chorbog‘” yo‘lining 74 kilometrigacha (Yangi bochka) harakatlanishlari mumkin.

Hozirda eski aylanma yo‘l orqali yengil avtomobillar harakatiga vaqtincha ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют