» » Gulnora Karimovaning Sijjakdagi qarorgohi Otabek Umarov raisligidagi triatlon federatsiyasiga beriladi

Gulnora Karimovaning Sijjakdagi qarorgohi Otabek Umarov raisligidagi triatlon federatsiyasiga beriladi


Gulnora Karimovadan musodara qilingan Sijjak qo‘rg‘onidagi hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga beriladi. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda triatlon sportini rivojlantirishga qaratilgan qarori umumxalq muhokamasiga qo‘yildi, deb yozadi “Sof.uz”.

“Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan ‘Sijjak’ oromgohi va undagi sudning qarori bilan davlat foydasiga undirilgan barcha jihozlarni O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga berish haqidagi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Bosh prokuratura qoshidagi MIB va O‘zbekiston futbol federatsiyasining taklifi inobatga olinsin”, – deyiladi hujjat loyihasida.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi etib prezident xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari, Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov saylangan edi.

Ma’lumot uchun, Oromgoh negizida federatsiyaning o‘quv-mashg‘ulot bazasi tashkil etilishi rejalashtirilgan, bunga 15 milliard so‘m ajratilgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, oromgoh hududida mehmonxona, uchta basseyn, amfiteatr, kottej va boshqa binolar mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют