» » Luis Enrikeni iste’foga chiqarayotgan “Barselona” prezidenti “Tottenhem” bosh murabbiyi bilan uchrashdi

Luis Enrikeni iste’foga chiqarayotgan “Barselona” prezidenti “Tottenhem” bosh murabbiyi bilan uchrashdi


Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti Jozep Bartomeu “Tottenhem” ustozi Maurisio Pochettino bilan uchrashdi. Bu haqda ingliz matbuoti xabar bergan.

Bunda OAV Bartomeu hamda Pochettino o‘rtasidagi munosabatlar iliq ekaniga asosiy urg‘uni bergan bo‘lsa-da, “Tottenhem” rahbariyatining uchrashuvdan xabari bo‘lmagani paparatssilarni shoshirib qo‘ygan. Bunda gap katta ehtimol bilan argentinalik murabbiyning “Barselona”da ish boshlashi borasida borgan bo‘lishi ham mumkin.

Ma’lumki, kataloniyaliklar ustozi Luis Enrike mavsum so‘nggida iste’foga chiqishi borasida aytib bo‘lgan. Ayni vaqtda “Barselona” rahbariyati klub akademiyasidan muvaffaqiyatlar yo‘lida unumli foydalana oladigan murabbiy izlash ishlari bilan band.

Pochettino London klubida aynan shunday faoliyat olib bormoqda. O‘rtacha yosh borasida “Tottenhem” ancha kichik bo‘lsa-da, APLda kuchli to‘rtlik uchun bemalol kurasha oladi.

Bartomeu va Pochettino aynan nima masalani muhokama qilgani yoki bu kelishuv nima berishi mumkinligi OAV uchun aniq emas.

Опубликовано: admin (25-03-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют