» » Samarqandda o‘zini kanalga tashlagan ayolning jasadi Qashqadaryodan topildi

Samarqandda o‘zini kanalga tashlagan ayolning jasadi Qashqadaryodan topildi


2019-yilning 17-iyul kuni 10:00 atrofida Samarqand viloyati hududidagi Darg‘om kanaliga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan 1977-yilda tug‘ilgan G.H. ismli ayolning jasadi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan topilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ayolning jasadini bir necha kun davomida g‘avvoslar qidirgan. Keyinroq Qashqadaryo viloyatidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, kanaldan ayol kishining jasadi topilganligi haqida xabar kelgan. Ayolning yaqinlari jasadni borib ko‘rganidan so‘ng u haqiqatda G.H.ning jasadi ekanligi aniqlangan.

Urgut tumanidagi Oq buva qishlog‘ida yashagan G.H.ning yonida 6 yasharli kenja qizi ham bo‘lgan. Uni yaqin atrofdagi odamlar qutqarib qolgan. Ayolning jami 4 nafar bolasi — 3 qiz, 1 o‘g‘li bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma G.H.ning turmush o‘rtog‘i ikkinchi oilasi bilan Rossiyada yashab kelgan. Ayol nima sababdan joniga qasd qilgani ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют