» » Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchragan o‘zbekistonlik vafot etdi

Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchragan o‘zbekistonlik vafot etdi


O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 22-iyul kuni “?zel A Hastanesi” tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi O.A. vafot etdi, bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

U 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida olingan jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan edi.

Turkiyaning huquqni himoya qiluvchi organlari mazkur fakt yuzasidan tergov ishlarini boshladi.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Istanbul shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasi +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют