» » Braziliya mundiali yarim finalchisi Gollandiya Rossiyadan qolib ketishga yaqin, Fransiyada esa aksincha

Braziliya mundiali yarim finalchisi Gollandiya Rossiyadan qolib ketishga yaqin, Fransiyada esa aksincha


Rossiya—2018 mundiali uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 5-turini davom ettirdi.

Fransiya terma jamoasi joy olgan “A” guruhida Yevro—2016 finalchisi hisoblangan Fransiyaning o‘zi yetakchilik qilmoqda. Kecha Lyuksemburg maydoniga safar etgan Desham jamoasi 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. “Arsenal” hujumchisi Olivye Jiru o‘z nomini tabloga ikki bor yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Atletiko” forvardi Antuan Grizmann 1 ta gol bilan cheklandi.

Fransiya bilan raqobat olib borishi taxmin qilingan Gollandiya guruhdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bunga qadar o‘z uyida aynan Fransiyaga imkoniyatni boy bergan (0:1) gollandlar, endi Bolgariyada hech narsa qila olmadi.

Qayd etish kerak, Gollandiya terma jamoasi 2014-yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yarim finalga qadar yetib borgandi.

JCh—2018. Yevropa
“A” guruhi. 5-tur
25-mart, shanba

Gollar: Emil Forsberg, 19-pen (1:0). Emil Forsberg, 49 (2:0). Markus Berg, 57 (3:0). Isaak Kize-Telin, 78 (4:0).

Gollar: Spas Delev, 5 (1:0). Spas Delev, 20 (2:0).

Gollar: Olivye Jiru, 28 (0:1). Orelyen Joashim, 34-pen (1:1). Antuan Grizmann, 37-pen (1:2). Olivye Jiru, 77 (1:3).

Опубликовано: admin (26-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют